“Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

“Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi hamda tuman maktab va maktabgacha ta'lim tashkiloti va Respublika ma'naviyat va ma'rifat tuman bo'limi hamkorlikda “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tanlov jarayonida ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini turli shartlar asosida sinovdan o‘tkazdilar. Savol-javoblar, badiiy asarlarni tahlil qilish va tezkor fikrlashni talab etuvchi topshiriqlar orqali o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishi va bilim darajasi namoyon bo‘ldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli
1- oʻrinni 21-maktab oʻquvchisi A.Sobirjonova,
2-oʻrinni 49- maktab oʻquvchisi A.Yoqubjonova,
3-oʻrinni 7- maktab oʻquvchisi M.Gʻayratovalarni bilim darajasi yuqori ekanligi aniqlandi. Eng faol va bilimdon ishtirokchilar g‘olib deb topilib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
