Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

"Bolalikni beg'ubor osmoni" mavzusida bayram

"Bolalikni beg'ubor osmoni" mavzusida bayram

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Farg'ona tumani  axborot-kutubxona markazi 1-DMMT tarbiyalanuvchilari  bilan "Bolalikni beg'ubor osmoni" mavzusida  bayram tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar ertak qahramonlarini sahnada gavdalantirdilar va rasm chizish tanlovi bo'lib o'tdi. Quvonch, kulgi va beg‘ubor bolalik ohanglari tadbir davomida yangradi.

Bolalik — orzular qanotida uchib yuradigan sehrli dunyo. U xotirjamlik, mehr-oqibat va cheksiz g‘amxo‘rlik bilan to‘lib-toshgan bo‘lsin. Har bir farzand muhabbat bag‘rida ulg‘aysin!

Oʻxshash yozuvlar