Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Bola_quvonchi_olam_quvonchi

  

  

#Bola_quvonchi_olam_quvonchi

Bolaning beg'ubor kulgusi, samimiy quvonchi-bu butun olamning eng goʻzal bezagidir. Ana shu quvonchning manbalaridan biri esa kitobdir. Kitob bolaga faqat bilim emas, balki orzu, tasavvur va ezgulik hadya etadi. Sahifalar orasida yashiringan ertaklar, qahramonlar va sarguzashtlar bolaning qalbida cheksiz quvonch uyg'otadi.

Kitob bilan ulg'aygan bola fikrlaydi, his qiladi, yaxshini yomondan ajrata oladi. U har bir o'qilgan hikoya orqali yangi dunyoni kashf etadi, har bir qahramon bilan birga quvonadi, baʼzan esa saboq oladi. Kitob o'qigan bolaning quvonchi  ota-onaning, jamiyatning, kelajakning quvonchidir. Shu bois bolalar hayotida kitobning o'rni beqiyos. 

Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazi 31-DMMT tarbiyalanuvchilari bilan "Bola quvonchi, olam quvonchi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Oʻxshash yozuvlar

#Bola_quvonchi_olam_quvonchi | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi