Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

“BIR KITOB — BIR HAYOT” LOYIHASI

“BIR KITOB — BIR HAYOT” LOYIHASI

    

 Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi "Dilkusho" mahalla fuqarolar yigʻinida “Bir kitob — bir hayot” loyihasi doirasida taniqli shoir va adib Iqbol Mirzoning “Bonu” asari taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbir davomida kitobxonlarga “Bonu” asarining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar hamda insoniy qadriyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar asar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kitob mutolaasi va adabiyotning inson hayotidagi o‘rni haqida suhbatlashdilar.

Kitob — inson qalbini boyitadi, tafakkurini yuksaltiradi va hayotiga mazmun bag‘ishlaydi!

Oʻxshash yozuvlar