Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

Axborot texnologiyalari va raqamlashtirish yo‘nalishida o‘quv-amaliy seminar!

Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassislari tomonidan tuman va shahar axborot-kutubxona markazlarining shu yo‘nalishdagi mutaxassislari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ijtimoiy tarmoqlar va veb-sayt yangiliklarini muntazam yoritib borish, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, kutubxonalardagi bosma nashrlarni belgilangan standartlar asosida raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etilib, ishtirokchilar raqamlashtirish jarayonidagi dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Oʻxshash yozuvlar

Axborot texnologiyalari va raqamlashtirish yo‘nalishida o‘quv-amaliy seminar! | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi