Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

“Kitobxon ona – kitobxon bola”

“Kitobxon ona – kitobxon bola” 

Fargʻona tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobxon ona – kitobxon bola” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir Novkent mahalla fuqarolar yig'ini Navqiron kochasi 64 uyda yashovchi Yunusaliyevlar xonadoniga bo'ldilar. Tadbirda oila  vakillari onalar va farzandlar ishtirok etib, kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash masalalari haqida fikr almashildi.

Davra suhbatida kitobning inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati alohida ta’kidlanib, ishtirokchilar o‘zlarining sevimli asarlari haqida ham so‘z yuritdilar.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, oilalarda mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Fotogalereya

Oʻxshash yozuvlar