2026-yil -"Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish" yili

2026-yil -"Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish" yili
Yurtimizda 2026-yilning "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish" yili deb e’lon qilinishi — mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.
Mahalla — ahillik, birdamlik, mehr-oqibat va ma’naviyat maskani bo‘lib, jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
Farg'ona tumani axborot -kutubxona markazida mavzu bo'yicha kitob ko'rgazmasi tashkillandi.
Mazkur kitob ko‘rgazmasida mahalla faoliyati, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, ijtimoiy faollik, oilaviy qadriyatlar, yoshlar tarbiyasi hamda ma’naviy-ma’rifiy yuksalishga oid adabiyotlar namoyish etilmoqda. Ushbu kitoblar orqali o‘quvchilar mahallaning jamiyatdagi o‘rni, uning rivoji va taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasi haqida kengroq bilimga ega bo‘ladilar.
Ko'rgazma barchani mutolaa qilishga, mahalla hayotida faol bo'lishga va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo'shishga chorlaydi.
Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
