14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni


14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni
Bugun yurtimizda mardlik, jasorat va fidoyilik timsoli bo‘lgan Vatan himoyachilariga chuqur ehtirom bajo keltirilmoqda.
Shu munosabat bilan Fargʻona tumani axborot -kutubxona markazi va tumandagi ixtisoslashgan maktabi, 5-post askarlari ishtirokida “ 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan fidoyi insonlar sharaflandi, samimiy tabriklar va ezgu tilaklar bildirildi.
Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik, sadoqat va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Barcha Vatan himoyachilarini bayram bilan muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, tinch-osuda hayot va yurt ravnaqi yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
