Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

"Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida bayram tantanalari

"Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida bayram tantanalari

"Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida bayram tantanalari

Farg‘ona tumani "Marg‘ilon" mahalla fuqarolar yig‘ini, Yapog‘i ko‘chasida ma’naviy-ma’rifiy bayram tantanalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi 

Ko‘p millatli aholimiz ahil-inoq yashab kelayotgan ushbu hududda bayram tadbirlari tantanali tarzda tashkil etilib, unda tuman va mahalladagi faollar, jamoatchilik vakillari, nuroniylar hamda mahalla yoshlari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida kitoblar yarmarkasi, milliy liboslar ko‘rgazmasi, hunarmandlar tomonidan tayyorlangan betakror mahsulotlar namoyish etildi. Shuningdek, milliy taomlar tayyorlanib, mehmonlarga tarqatildi. Xalqimizga xos mehmondo‘stlik, saxovat va mehr-oqibat ana shunday tadbirlar orqali yanada namoyon bo‘ldi.

Tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Mahalla yoshlari tomonidan milliylikni tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashildi.

Oʻxshash yozuvlar

"Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida bayram tantanalari | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi