
Odil Yoqubov. "Muqaddas"

Odil Yoqubov
"Muqaddas"
“Muqaddas” qissasi oltmishinchi yillar yoshlarining sevimli asarlaridan biri edi. Qissa – muhabbat haqida, toʻgʻrirogʻi, fojeiy sevgi haqida. Chin muhabbat, poklik va halollikning ramzi. Qissa qahramoni Sharifjon sevgilisi Muqaddasga erishish orzusida xudbinlikka yoʻl qoʻyadi va… suyuklisidan ayriladi. Chunki xudbinlik va nohalollik hukm surgan joyda muhabbat soʻnadi, hatto oʻladi. Shu boisdan “Muqaddas” qissasi bugungi kun uchun ham, ehtimol kelajak uchun ham ibratli boʻlib qolaveradi.
