Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi
Odil Yoqubov “Ko’hna dunyo”

Odil Yoqubov “Ko’hna dunyo”

Odil Yoqubov “Ko’hna dunyo”

#kitobdan_parcha

…Beruniy hech qachon bunchalik fig’oni chiqmagan,hech qachon bunchalik darg’azab bo’lmagan edi. Nazarida,Ibn sinoni emas,uning o’zini mislsiz tahqir qilishgan, Abu Alini emas,uni soxta Beruniyga chiqarib, saroydan haydashgan edi!..
U yuragini o’rtagan ichki alamdan cho’zinchoq qoramag’iz yuzi battar qorayib,rasadxonaning keng,osuda xonasini tinimsiz aylanar,goh oyoq ostidagi olatlar va kursilarga qoqilar,goh rasad tuynugi oldida to’xtab,ko’kdagi yulduzlarga tikilganicha alamli sukutga  tolar, biroq zum o’tmay mash’um voqea qayta esiga tushardi-yu, “O,mal’unlar,mal’unlar!” deganicha asabiy holatda rasadxonani aylanishga kirishar edi.
Ibn Sino esa aksincha, odatdagidan ham vazmin ko’rinar,lablarida,horg’in ko’zlarida xiyol mahzun tabassum, Beruniyni tinchitishga urinar...

Odil Yoqubov “Ko’hna dunyo” | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi