Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi
"Abadiyat oralab"

"Abadiyat oralab"

📓 "Abadiyat oralab"

Shavkat Rahmon XX asr o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandalaridan biridir. Uning she’riyati – o‘lmas she’riyat. Bu she’riyat inson yuragini har gal larzaga solib yuboradi, aqlini shoshiradi, o‘ylashga undaydi.
Shoir ijodi bilan ilk bora tanishayotgan kitobxon o‘qish chog‘ida sezgilari noziklashib, tuyg‘ulari o‘tkirlashib, tevaragiga, odamlarga, voqea-hodisalarga qarashlari teranlashib borayotganini his etadi. Mutolaa bitgach esa, tuyqus o‘zini qo‘yarga joy topa olmay qoladi. Sababi, shoir o‘zi aytgan gapga ne qadar chin ko‘ngildan ishongan bo‘lsa, uning so‘zi bilan amali bir ekaniga o‘quvchi ham shu qadar ishonadi.
Chunki Shavkat Rahmonning so‘zi tirik, so‘zida o‘zi tirik!

"Abadiyat oralab" | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi