
Свидетельство о рождении
Obiddin Maxmudov
Farzandnoma
Axloq mustahkam zaminga o‘rnatiladi, ko‘tariladi...Mustahkam zamin, bu donishmand bobo-momolarning koʻp ming yillik axloqiy-ruxiy, hayotiy tajribalari, ma'rifatli ota-onalarning maq- bul tarbiyasi, munavvar fikrli ustozlarning ilmu hikmatga boy ta'lim-oʻgitlari, zakovat xazinasi boʻlmish azizu fozillarning ulkan ma'naviy ibrati, adolat va yurtparvar yoʻlboshchi, rahbarlarning samimiy yoʻl-yoʻriqlari hamda saxovatpesha zotlarning koʻrsatgan xolis yordamidir. Bunday sogʻlom muhitda voyaga etgan yosh avlodning, turgan gapki, odobi goʻzal, bilimi chuqur, tafakkuri yuksak, mushohadasi keng, mas'uliyatni teran his etadigan, muhimi, jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan komil inson boʻlib shakllanadi.Ushbu kitob farzand tarbiyasi va uning kamoloti uchun befark boʻlmagan ota-onalarga, ustoz-murabbiylarga, qolaversa, insoniyatning ma'naviy yuksalishi yoʻlida jon kuydirayotgan fidoyi, zahmatkash ziyolilarga moʻljallangan.
